Qozogʻiston Respublikasining Jambul oblasti Jambul rayonida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus YTHga uchradi

10:07 15 Iyun 2022 Jamiyat
117 0

2022-yil 15-iyun kuni soat 06:45 da Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, bugun, 15-iyun kuni Qozogʻiston vaqti bilan soat 03:10 da Jambul oblasti Jambul rayonidan oʻtuvchi “Almata — Toshkent” avtomobil yoʻlining 545 km.da Qozogʻiston Respublikasi “Qizil tan” qishlogʻidan 7 km. uzoqlikda trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasining yonishi oqibatida avtomobil yoʻlida tirbandlik yuzaga kelganligi natijasida soat 03:40 larda “Almata — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yoʻlovchi tashish avtobusi hamda 1 ta yengil avtomobil bilan toʻqnashuv sodir etgan. 

FVV matbuot xizmati xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida ushbu avtotransport vositalarida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin sodir boʻlgan avtobuslarning birida 31 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan va ulardan 3 nafari oʻrta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qoʻshni Qozogʻiston masʼullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatishda yaqindan koʻmak berishmoqda.

Holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maʼlumot almashinuvi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер