Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti SHHT sammitiga keldi

19:03 15 Sentyabr 2022 Siyosat
525 0

Foto: president.uz

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 15-sentyabr kuni mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Soʻng Qozogʻiston Prezidenti Hazrati Xizr majmuasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер