Qozogʻiston prezidenti Si Szinpinni “Oltin burgut” ordeni bilan taqdirladi

18:17 14 Sentyabr 2022 Dunyo
819 0

Foto: Reuters

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda tashrif bilan boʻlgan rais Si Szinpinni «Altыn Kыron» (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirladi. 

Qayd etilishicha, Xitoy rahbari Xitoy va Qozogʻiston oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qoʻshgan alohida hissasi uchun mukofotlangan.

«Qozogʻiston Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinni Qozogʻiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga qoʻshgan alohida hissasi uchun “Oltin burgut” ordeni bilan taqdirladi», deyiladi Qozogʻiston Prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Si Szinpinning Qozogʻistonga tashrif deyarli 1000 kun ichida ilk xorijiy safar hisoblanadi.

Si Szinpin Toqayev bilan uchrashuvda Xitoy Qozogʻistonni oʻz mustaqilligini himoya qilishda qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Bundan tashqari, tomonlar Nur-Sultondagi uchrashuvda transport, logistika va agrosanoat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida Toqayev va Si Szinpin Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Qoʻshma bayonotni imzoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер