Qozogʻiston poytaxtida Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Prezidentining davlat tashrifi doirasida Nur-Sulton shahrida mamlakatimiz elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev ramziy bogʻichni kesib, yangi binoni tantanali ravishda ochdilar.
Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar elchixonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Zamonaviy bino yurtimiz quruvchilari tomonidan barpo etilgan. Xonalar milliy uslubda bezatilgan.
Diplomatik vakolatxona hududida asosiy bino, konsullik boʻlimi, xodimlar uchun uy, diplomatik missiya rahbarining qarorgohi, bolalar va sport maydonchalari joylashgan.
Muzokara xonalari, anjumanlar zalida barcha sharoitlar mavjud. Elchixonaning oʻz kutubxonasi ham bor.
Ish jarayonlarini samarali tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan, axborot texnologiyalari keng joriy qilingan. Bu yerdagi interfaol uskunalar muzokaralarni onlayn shaklda oʻtkazish imkonini beradi. Konsullik faoliyati uchun “elektron navbat” tizimi oʻrnatilgan, bu yerga keluvchilar maʼlumotlarni interfaol tarzda olish imkoniyatiga ega.
Alohida ehtiyojli odamlar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.
Bir soʻz bilan aytganda, yangi elchixona binosida barchasi ish sifati va samarasi yuqori boʻlishiga, qardosh mamlakat bilan sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring