Qozоgʻistondan Oʻzbekistonga 280 tonna benzinni noqonuniy olib oʻtmoqchi boʻlganlar ushlandi

15:54 10 Avgust 2022 Siyosat
346 0

Illustrativ foto

Qozogʻistonning Pavlodar viloyati boʻyicha Moliyaviy monitoring organlari xodimlari tomonidan hajmi 280 tonna AI-95 rusumli, qiymati qariyb 90 million tenge boʻlgan yoqilgʻi solingan 5 ta vagon sisterna Oʻzbekiston hududiga noqonuniy olib ketilayotgan paytda qoʻlga olingan. Bu haqda Qozogʻiston Moliyaviy monitoring  boshqarmasi xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, temir yoʻl sisternalaridan olingan namunalar K-4 ekologik toifadagi AI-95 benzinidir.

Shartnomaga koʻra, chet el kompaniyasi foydasiga Qozogʻistondan umumiy qiymati 45 million dollarlik 50 ming tonna bezin eksport qilish rejalashtirilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер