Qoʻshtepada aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan zamonaviy maktab foydalanishga topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan, jahon andozalari darajasida barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan maktab foydalanishga topshirildi.
Tumanning Sohibkor mahallasida barpo etilgan muhtasham taʼlim dargohida aniq va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqitiladi. Loyiha qiymati 9,5 milliard soʻm boʻlgan ushbu bilim muassasasi eng yangi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlandi.
Ayni paytda bu yerda 5 ming nafarga yaqin talabgorlar ichidan saralab olingan 350 nafarga yaqin oʻquvchiga 30 nafardan ziyod oliy toifali, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya bermoqda.
Maktabning tantanali ravishda foydalanishga topshirish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, muhtasham sinf xonalarida oʻquv jarayonlarini bevosita kuzatdi.
— Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda barkamol avlod orzusi yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda, — dedi viloyat rahbari. — Yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktablar shular jumlasidandir. Bunga javoban har bir oʻgʻil-qiz aʼlo baholarga oʻqib, bilimli, keng dunyoqarashga ega, kamida ikkita-uchta xorijiy tilni biladigan boʻlib ulgʻayishi zarur.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring