Qoʻshtepa tumanida 500 dan ziyod oilaga hayitlik tarqatildi

17:14 09 Aprel 2024 Jamiyat
1055 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Botir Madiyorov/“Xalq soʻzi”. Qoʻshtepa tumanida 500 dan ziyod oilaga hayitlik ehsoni tarqatilib, ijtimoiy daftarlar roʻyxatida turuvchi kam taʼminlangan, bemor va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga quvonch ulashildi.

Shu tariqa muborak kunlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari ishtirokida 51 ta MFY boʻyicha shakllantirilgan roʻyxat asosida ehtiyojmand oilalarga 12 turdagi kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

— Shu kunlarda yordamga muhtoj insonlarga mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos eng ezgu fazilatlar sirasiga kiradi, — deydi Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev. — Shu bois duogoʻy nuroniylar, faollar oʻzaro kelishgan holda ana shunday yoʻqlov tadbirlarini tashkil etdik.

Tumanda oʻzaro mehr-oqibatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazib borishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер