Qoʻshni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar koʻrib chiqildi

22:49 08 Avgust 2022 Siyosat
825 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Soʻnggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga koʻpayib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qoʻshni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qoʻshma korxona ochilgan.

Yigʻilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar koʻrib chiqildi.

Mamlakatimizda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?