Qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro avtomobilidan jangovar oʻq-dorilar topildi

17:04 03 Mart 2026 Jamiyat
374 0

Noqonuniy oʻq-dori olib yurgan shaxs chegarada toʻxtatib qolindi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postida qoʻshni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

Tekshiruv davomida avtomobilning salon qismiga yashirilgan, ogʻzaki soʻrov davomida maʼlum qilinmagan 3 dona oʻq dori borligi aniqlangan. Ekspertiza xulosasiga koʻra, mazkur oʻqlar jangovar oʻq-dorilar toifasiga kirishi tasdiqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер