Qo‘rg‘ontepadagi avtohalokat tufayli bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

11:08 15 Oktyabr 2021 Jamiyat
426 0

Bugun yo‘llarimizda ko‘p hollarda haydovchilarning katta tezlikda harakatlanishi, qoidalarga bepisand qarashi tufayli sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz va baʼzan fojeaviy halokatlarga bot-bot duch kelmoqdamiz. Andijon viloyatidagi Qo‘rg‘ontepa-Qorasuv avtomagistral yo‘lining  Maʼmurobod qishlog‘i hududida ro‘y bergan avtohalokat ham bir kishining umriga zomin bo‘ldi.

-Kechki soat 23:30 lar atrofida sodir etilgan ushbu avtohalokatga “Neksiya” haydovchisining katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgani sabab bo‘lgan,-deydi Qo‘rg‘ontepa tuman IIB YXXB katta inspektori Shodiyor Qurbonov.  –Natijada ro‘paradan kelayotgan “Damas” avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Damas” avtomashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etdi, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.

S. HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?