Qoʻrgʻontepada kartoshka yetishtirish hajmi oshmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyatida har bir tumanning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda maʼlum bir tarmoqqa yoʻnaltirilishi oziq-ovqat xavfsizligi kafolatini hamda bozorlardagi maʼmurchilikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Misol uchun, Qoʻrgʻontepa tumani iqlim va tuproq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kartoshkachilikka yoʻnaltirildi. Tumanda yetishtirilgan hosil bugungi kunda qoʻshni viloyatlar bozorlariga ham chiqarilmoqda. Bu yerda tez orada ishga tushishi rejalashtirilayotgan issiqxona esa kartoshka eksportini amalga oshirish imkonini beradi.
Loyihaga koʻra, 1,5 gektar maydonda barpo etilayotgan issiqxonada kartoshka gidroponika usulida parvarishlanadi. Buning natijasida har 45 kunda hosil yigʻish mumkin boʻladi. Qolaversa, tumandagi 3000 gektar maydonga ekish uchun urugʻlik kartoshka ham yetishtiriladi. Bu katta maydonlarda urugʻlik yetishtirish uchun sarf etiladigan xarajatlarni sezilarli darajada iqtisod qiladi. 40 nafar ishchi tomonidan amalga oshiriladigan agrotexnik jarayonda kartoshkaning tezpishar, havo haroratiga va suvsizlikka chidamli, eng muhimi, turli kasalliklarga bardoshli, mazali navlari yaratiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring