Qoraqalpogʻistondagi amaliy natijalarini ushbu diyorda yashayotgan har bir inson bugun oʻz hayotida his etmoqda — Prezident

17:12 03 Iyul 2022 Siyosat
715 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz va Joʻqorgʻi Kenges deputatlariga murojaat qildi.

«Hurmatli deputatlar va Qoraqalpogʻiston ahli!

Maʼlumki, keyingi yillarda biz sizlar bilan birgalikda Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdik. Ularning amaliy natijalarini ushbu diyorda yashayotgan har bir inson bugun oʻz hayotida his etmoqda.

Oxirgi besh yilda hududning mahalliy byudjetiga qariyb 11 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha muhim dasturlar izchil amalga oshirilmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “temir daftar”ga kiritilgan 65 mingga yaqin oilaga, 16 yoshgacha bolalikdan nogiron aʼzosi boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan 17 ming oilaga moddiy yordam koʻrsatildi.

Birgina 2020-yil yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻistonda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi daromad 3 barobarga oshdi. Soʻnggi besh yilda qurilish ishlari hajmi 3,5-marta oʻsdi. Oʻnlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy agroklasterlar, qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Respublikada minglab yangi obyektlar barpo etildi, rekonstruksiya qilindi va taʼmirlandi. Jumladan, koʻplab bolalar bogʻchalari, umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablar, oliygohlar, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirildi.

Bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2017-yildagi 32 foizdan 75 foizga yetdi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan taʼminlash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari holatini yaxshilash boʻyicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, hududni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ham faol ish olib borilmoqda. Xususan, bir paytlar nochor ahvolga tushib qolgan Moʻynoq bugun butunlay yangicha qiyofa kasb etib, jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy tumanlardan biriga aylandi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер