Qoraqalpogʻistonda universitet oʻqituvchisi pora bilan ushlandi

16:40 17 Iyul 2025 Jamiyat
238 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasida talabalarni yakuniy imtihondan oʻtkazib berishini vaʼda qilgan universitet oʻqituvchisi ushlandiyu Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti oʻqituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni va 17 nafar talabani yakuniy imtihondan oʻtkazib berishini aytib, 18,3 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?