Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan voqealar oqibatida yana 3 kishi vafot etdi — Bosh prokuratura

15:45 18 Iyul 2022 Siyosat
385 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlarning mol-mulklari, davlat va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga 3 mlrd. 147 mln. soʻm zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning xabar berishicha, yana 3 nafar fuqaro ahvoli oʻta ogʻir boʻlgani bois, shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan.

Ommaviy tartibsizliklar oqibatida jabrlangan shaxslarni aniqlash choralari koʻrilmoqda. Jumladan, oʻz xizmat burchini bajarayotgan vaqtida tan jarohati olgan 141 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda sogʻligʻi va mulkiga zarar yetkazilgan 16 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb eʼtirof etildi.

Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar doirasida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, belgilangan tartibda ushlangan fuqarolarning himoya huquqi advokat orqali amalga oshirishi toʻliq taʼminlangan, ularning ushlanganligi va qamoqqa olinganligi hamda saqlanayotgan joyi haqida yaqin qarindoshlariga xabar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?