Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan dahshatli baxtsiz hodisada IIVning 3 nafar xodimi halok boʻldi

23:24 27 Noyabr 2021 Jamiyat
754 0

Videoselektor yigʻilishidan uyga qaytayotgan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining uch nafar xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

26-noyabr kuni soat 00:10 atrofida A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus” avtomobil yoʻlining Xoʻjayli tumani hududidan oʻtuvchi 708-kilometrida halokatli YTH sodir boʻldi. “Cobalt” nomaʼlum sabablarga koʻra yoʻlni ajratib turgan beton panjaraga urilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, mashinada videoselektordan uyiga qaytayotgan 3 nafar ofitser boʻlgan. Olingan jarohatlardan soʻng ikki nafari voqea joyida, mashinani boshqarayotgan xodim esa mahalliy shifoxonada vafot etgan.

Ichki ishlar vazirligi xodimlarining oʻlimi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер