Qoraqalpogʻistonda saylov uyushqoqlik bilan davom etmoqda

12:43 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
132 0

Foto: Халқ сўзи

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 44-uchastka saylov komissiyasi aʼzolari mamlakatimiz hayotidagi oʻta muhim siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrib, erta tongdan hozir boʻldilar. Saylov pandemiya sharoitida oʻtkazilayotgani inobatga olinib, fuqarolar salomatligini saqlash uchun tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.

- Saylov jarayonida karantin qoidalariga amal qilishga oid Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 25-avgustdagi qaroriga muvofiq tegishli choralarni koʻrganmiz, - deydi 44-uchastka saylov komissiyasi raisi Berdaq Jakeyev. - Saylovni koronavirus pandemiyasi sharoitida oʻtkazishda xavsizlikni taʼminlash maqsadida profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Saylov uchastkamiz termometr, pirometr, tibbiy niqoblar, tibbiy qoʻlqoplar, antiseptiklar bilan taʼminlandi. Ovoz berish boshlanishidan 6 soat oldin dezinfeksiya oʻtkazildi. Saylovchilar oraliq masofani saqlashi uchun har 1,5-2 metr masofada maxsus chiziqlar chizilgan.

Ayni damda Qoraqalpogʻistondagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish davom etmoqda. 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, soat 11:00 holatiga 435 ming 442 nafar saylovchi ovoz berdi. Bu umumiy saylovchilar sonining 41,6 foizini tashkil qilmoqda.

Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?