Qoraqalpogʻistonda retseptisiz dori sotayotgan dorixona aniqlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Q.D.” MCHJ dorixona provizori Oʻ.A. fuqaro M.X.ga “Karbamezepin” va “Dimedrol” (inyeksiya uchun) nomli dori vositalarini shifokor retseptisiz sotganligi aniqlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida provizor Oʻ.A. hisobga olish daftariga soxta maʼlumotlarni kiritish orqali psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini ortiqcha chiqim qilganligi maʼlum boʻlgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring