Qoraqalpogʻistonda “Lacetti” ehtiyotsizlik oqibatida YPX xodimi boshqaruvidagi avtomobilga urildi

20:06 11 Avgust 2022 Jamiyat
517 0

Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

2022-yil 10-avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani hududidan oʻtuvchi 4H-155 “Bostan-Sarabiy” avtomobil yoʻlining 10-kilometrida haydovchi (Avtotransport boshqarish huquqiga ega emas), 1977-yilda tugʻilgan Z.Yu. “Lacetti” rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va YPX xodimi, 1981-yilda tugʻilgan N.A.ga biriktirilgan “Nexia-3” rusumli xizmat avtomobili bilan toʻqnashgan.

Hodisa natijasida, “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi Z.Yu. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ellikqalʼa tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?