Qoraqalpogʻistonda fura yuk avtomobili yoʻl chetidagi xandaqqa tushib ketdi

11:51 08 Avgust 2022 Jamiyat
192 0

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 7-avgust kuni soat 00:47 larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani “Beshtom” MFY hududidan oʻtuvchi A-380 magistral yoʻlida “HOWO” rusumli fura yuk avtomobili haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Shundan soʻng haydovchi tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimining qisqa 101 raqamiga qoʻngʻiroq qilib amaliy yordam soʻragan. Zudlik bilan voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlar maxsus texnikalarini jalb qilgan holda yuk mashina xandaqdan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?