Qoraqalpogʻistonda 995 ming 36 nafar saylovchi saylovda ishtirok etadi

Bu galgi saylovlarda 995 ming 36 nafar qoraqalpogʻistonlik oʻzlari tanlagan nomzodlarga ovoz berishadi. Xususan, shundan 58 ming 74 nafari bunday siyosiy tadbirda ilk bor ishtirok etmoqda. Jarayonlarni 2854 nafar mahalliy kuzatuvchi kuzatib bormoqda.
Nukus shahridagi 36-sonli saylov uchastkasida jami 1974 saylovchi roʻyxatga olingan.
— Birinchi marta saylov jarayonida qatnashyapman, — deydi Manguberdi Usmonov. — Bundan judayam xursandman. Zero, men ovoz bergan nomzod mamlakatimizning yorqin kelajagi uchun xizmat qilsa, ne baxt.
Shahardagi 15-saylov uchastkasida 2098 nafar saylovchi ovoz beradi. Shundan 21 nafari oʻzlarining fuqarolik burchini muddatidan oldin amalga oshirdi.
— Ushbu saylov uchastkasiga kelib, siyosiy tadbirga tayyorgarlik, jarayonning kechishi bilan yaqindan tanishdik, — deydi shvetsiyalik xalqaro kuzatuvchi Byorn Tegeman. — Fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, saylovchilarning jarayonga faollik bilan yondashayotgani muhim jihat. Umuman, barchasi menda yaxshi taassurot qoldirdi.
Saylov jarayonlari davom etmoqda.
Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring