Qoraqalpogʻistonda 3 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

13:08 15 Yanvar 2024 Jamiyat
213 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beruniy tumani boʻlimlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.D. 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga fuqaro J.K.дан 2 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер