Qoraqalpogʻiston Respublikasida qurilish va taʼmirlashdagi “oʻyin”lar fosh boʻldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qoraoʻzak tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi masʼul shaxslari “Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir” hamda “Nukus-Aqmangʻыt-Kegeyli-Chimboy-Qazaqdaryo ovuli” avtomobil yoʻllarini qurishda hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni kiritish orqali 371,7 mln soʻmni oʻzlashtirganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Qoraoʻzak tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ya.B.I.” kompaniyasi hamda “T.I.” MCHJ masʼul shaxslari Chimboy tumani, “Qosterek” OFYdagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida qoʻshimcha 80 oʻrinli oʻquv va sport zali binolarini qurishda hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni kiritish orqali 446,1 mln soʻmni oʻzlashtirganliklari aniqlangan.
Departamentning Kegeyli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “T.T.” MCHJ masʼul shaxslari ushbu MCHJga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xalqabod poliklinikasi” binosini joriy taʼmirlash uchun oʻtkazib berilgan 282,5 mln soʻmni qurilish ishlari uchun sarflamasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring