Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi sessiyasi boʻlib oʻtdi

16:01 15 Avgust 2022 Jamiyat
230 0

Foto: Xalq so‘zi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining oʻttiz uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M. Kamalov boshqardi.

Sessiya kun tartibida dastlab “Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonuni loyihasi koʻrib chiqildi. Bu boʻyicha Joʻqorgʻi Kengesning Qonunchilik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Joʻqorgʻi Kenges deputati X. Yeshimbetov maʼlumot berdi. Qonun loyihasi bilan amaldagi 5 qonunga oʻzrgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Kun tartibidagi keyingi masala – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan “2022 — 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hisoboti tinglandi.

Taʼkidlaganidek, birinchi yarim yillik yakuni bilan Qoraqalpogʻistonda yalpi hududiy mahsulot 103,5 foizga, shundan sanoat 100,5, qishloq xoʻjaligi 103,3, qurilish 105,6 va xizmat koʻrsatish 116,2 foizga oʻsdi.

Tadbirda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini taʼminlash orqali joriy yil yakuniga qadar yuqori oʻsish koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulotni 106,1 foizga yetkazish uchun mavjud imkoniyat va salohiyatdan toʻgʻri foydalanish, xalqimiz turmush farovonligini, bugungi kundan rozilik hissini oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish xususida soʻz yuritildi.

Sessiyada koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер