Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazmdagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

10:52 26 Avgust 2022 Jamiyat
479 0

Foto: Arxiv surat

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (472-son, 25.08.2022-y.) qabul qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga byudjet hisobidan bepul ovqat bilan taʼminlash tizimi joriy etilgan.

Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tanlovini oʻtkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

Xususan, oʻquvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning roʻyxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.

Keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini koʻrsatish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?