Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi nishonlandi
Bugun, 9-aprel kuni Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev yigʻilganlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, Konstitutsiya – bu milliy huquq tizimining asosini tashkil etish bilan birga, insonlarning huquq va erkinliklarining kafolati hamdir. Yurtimizning mustaqil rivojlanish yoʻlida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va yangilanishlar hamda erishilayotgan muvaffaqiyatlar – Bosh Qomusimiz yaratib bergan imkoniyatlarning natijasi hisoblanadi. Tadbirda Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha alohida qabul qilingan farmon va qarorlari, davlat dasturlari Orolboʻyi aholisi hayotida katta oʻzgarishlarga sabab boʻlayotgani taʼkidlandi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yigʻilganlarni bayram bilan tabriklab, respublikamiz xalqiga, yoshlarimizga alohida hurmat va eʼtibor uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdilar.
Tadbirda Prezidentimizning topshirigʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov mehnat faxriysi U. Ashirbekovga 80-yillik yubileyi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy yorligʻi”ni topshirdi.
Bayram tadbiri sanʼat va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring