Qoraoʻzakdagi korxona mahsulotlari dunyo bozoriga chiqadi
Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Orolboʻyining olis hududlaridan biri – Qoraoʻzak tumanida xorij investorlari ishtirokida yiliga 350 tonna toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda. Korxonada 215 nafar xotin-qizlar doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan, kelgusida ularning soni 400 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi masʼullari mazkur korxonada boʻlib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish boʻyicha qonunchilik talablarini tushuntirishdi.
— Tadbir davomida chet davlatdan olib kelingan xomashyoni qayta ishlab, reeksport qilishda “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi afzalliklari yuzasidan maʼlumotlar berildi, — deydi bojxona boshqarmasining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Salamat Dauyenov. — Qariyb 1,5 gektar maydonda barpo etilgan ushbu korxonada Xitoy, Turkiya va Germaniya davlatidan keltirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy texnologik uskunalar oʻrnatilgan. Oʻtgan yillar mobaynida 480 ming AQSH dollarga teng boʻlgan 243 dona tekstil asbob-uskunalari uchun Soliq va Bojxona kodekslariga asosan jami 705 mln. soʻm bojxona toʻlovlaridan imtiyoz qoʻllanilgan.

Qayd etish joizki, yiliga 2 mln. dona trikotaj mahsulotlari – kiyim-kechaklar ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona masʼullari tomonidan dunyo bozoriga eksportni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring