Qoramol goʻshti importi 13,8 ming tonnaga oshgan

07:56 26 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
663 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra,  2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 32,8 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.

Qoramol goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qoramol goʻshtini import qilgan davlatlar:

Belarus – 17,1 ming tonna;

Qozogʻiston – 11,6 ming tonna;

Braziliya – 1,4 ming tonna;

Hindiston – 967 tonna;

Rossiya – 791 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?