Qorakoʻlda moʻjaz shaharcha barpo etildi

Foto: Халқ сўзи
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani hududida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism uchun moʻjaz shaharcha barpo etildi.
Namunaviy loyiha asosida bunyod etilgan 20 ta turar-joy, shuningdek, 25 oʻrinli bolalar bogʻchasidan iborat bu goʻsha viloyat markazidan yuzlab kilometr olisda, sahro bagʻrida qad rostladi. Uning qurilishi uchun davlatimiz tomonidan salkam 4 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.
Ana shu shinam uylarning biri mayor Orifjon Parmonovning oilasiga ajratildi.
— Uyda shaharnikidan qolishmaydigan darajada shart-sharoitlar yaratilgan, — deydi mayor. — Bir soʻz bilan aytganda, biz, chegarachilarning endi oʻz oilamizdan koʻnglimiz toʻq. Xizmat burchimizni sidqidildan ado etib, xalqimizning tinch va osuda hayotini taʼminlash yoʻlida kuch- gʻayratimiz, bilim va salohiyatimizni ayamaymiz.
Mazkur uy-joylarni foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali marosimda Buxoro viloyat hokimi B. Zaripov ishtirok etdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring