Qorakoʻl qoʻylarning xorijdan import qilingan har bir embrioniga byudjetdan 400 ming soʻm subsidiya beriladi

“Qorakoʻlchilik tarmogʻini yana-da rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-martgacha qorakoʻlchilik klasterlariga qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratiladi.
Shunga koʻra, 2021-yil 15-fevralgacha 100 milliard soʻm mablagʻlari «Turonbank» ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi.
Mazkur mablagʻlar Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kredit sifatida taqdim etiladi.
Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvargacha Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Qoʻmitaga ijaraga berilgan yaylovlar uchun belgilangan yer soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Shuningdek, nasldor qoʻy va echkining, shu jumladan qorakoʻl zotli qoʻylarning xorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 400 ming soʻm miqdorida subsidiya taqdim etiladi.
2021-yil 1-apreldan Uyushma aʼzolariga oʻzlari tomonidan import qilingan qoʻy bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom goʻsht koʻrinishida (TIF TN boʻyicha 0104 va 0204 kodlari) eksport qilishga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Emlash roʻzani buzadimi? Fatvo hayʼati javob berdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring