Qoʻqondagi Oʻrda maydonida talabalar bitiruv kechasi boʻldi

21:01 09 Iyun 2022 Jamiyat
399 0

Foto: Халқ сўзи

Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Fargʻona viloyatining tarixiy manzillaridan biri – Qoʻqon shahrida nufuzli xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Bugun “Qoʻqon xonligining turkiy xalqlar davlatchiligi shakllanishi va madaniy merosida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga tashrif buyurgan Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – Turksoy Bosh kotibi Sultanbay Rayev, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari Mirvohid Azimov, qator xalqaro tashkilotlar vakillari hamda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qoʻqon universiteti talabalarining bitiruv kechasi mehmonlari boʻlishdi.

Oʻrda maydonida boʻlib oʻtgan tadbirda Xayrullo Bozorov va Sultanbay Rayev talaba-yoshlarni unutilmas shodiyona – bitiruv tantanasi bilan qutladilar. Shundan soʻng talabalarga bakalavr diplomi topshirildi.

— Bu yilgi ilk qaldirgʻochlar – maktabgacha taʼlim yoʻnalishini tamomlayotgan 31 nafar bitiruvchimiz oʻqish davridayoq boʻlajak ish joyini naqd qilib qoʻyishdi, — deydi Qoʻqon universiteti matbuot kotibi Muxtasar Isaqova. — Talabalarimiz oʻquv amaliyoti davrida hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga yangi innovatsiyalar, jahon tajribasida keng ommalashgan usullarni joriy etishdi. Bu esa oʻsha maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida sezilarli oʻzgarish yasadi hamda bitiruvchilarimiz ishli boʻldilar.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?