Qoʻqonda zamonaviy texnopark barpo etiladi

15:46 10 Iyul 2024 Jamiyat
69 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon Fargʻona viloyatining tarixiy-madaniy markazi. Tadbirkorlik, turizm rivojlanayotgan zamonaviy shahri hamdir. Transport–logistika infratuzilmasi, investitsiya, savdo, sanoat sohasida qulay muhit yaratilgan.

Qoʻqon shahar hokimligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Xoʻqandi latifda zamonaviy texnopark tashkil etish loyihasi ijrosiga kirishildi.

Texnoparkda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun hududiy, ilmiy, texnologik va texnik baza yaratish maqsad qilingan. Majmuada texnopark ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat korxonalari, biznes markazlari, koʻrgazma maydonchalari, taʼlim muassasalari barpo etiladi. Shuningdek, xizmat koʻrsatish obyektlari: transport vositalari uchun avtoturargoh, infratuzilma obyektlari, turar-joy binolari joylashtiriladi.

Kuni kecha Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri hamda shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan yuzma-yuz muloqotda loyiha doirasida bajarilishi muhim vazifalar muhokama qilindi. Shu asosda koʻzda tutilgan ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun aniq vazifalar belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?