Qoʻqonda Ashurali Zohiriy muzeyi tashkil etiladi

15:54 24 Dekabr 2021 Jamiyat
665 0

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kecha Qoʻqon shahrida boʻlib, Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligi bilan tanishdi.

Qoʻqon shahri markazidan oʻrin olgan ushbu yodgorlik, tarixiy arxeologik majmua sifatida 2008-yilda taniqli arxeolog taniqli arxeolog olim Abdulhamid Anarbayev rahbarligidagi otryad tomonidan aniqlangan boʻlib, bu yerda 2011-yilda keng koʻlamli arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. 

Natijada bu yerda miloddan avvalgi birinchi va milodiy asr boshlarida urbanizatsiyalashgan qarorgoh shakllanganligi va arablar bosqiniga qadar faoliyat koʻrsatganligi maʼlum aniqlangan. Ochilgan tarixiy qazilmalar konservatsiya qilingan.

Shu bilan birga, ushbu hududning bir qismi oʻtgan asrning 20-30 yillarida qatagʻon siyosatining oʻlim tegirmoniga tashlanib, kishi bilmas koʻmib yuborilgan hamyurtlarimiz xoklarini oʻz bagʻriga olgan.

Viloyat hokimi bu yerda mahalliy oqsoqollar hamda mutaxassislar bilan birga muloqot qildi, hudud bilan tanishdi. Oʻrganishlar natijasida ushbu qarovsiz boʻlib kelayotgan hududni obodonlashtirish, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, professor Abdulhamid Anarbayevni jalb qilgan holda arxeologik qazish ishlarini qayta yoʻlga qoʻyish kabi masalalar boʻyicha umumiy toʻxtamga kelindi, mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Xayrullo Bozorov, davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan Turkistondagi jadidchilik harakatining koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri, qatagʻon qurboni Ashurali Zohiriyning muzeyini tashkil qilish lozimligini taʼkidlab, ushbu muzeyni Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligi hududida joylashtirish tashabbusini oʻrtaga tashladi.

Viloyat hokimi, belgilangan ishlarni amalga oshirishga kirishish uchun qisqa muddatda arxeologik yodgorlik va unga yondosh hududlarning topografik syomkasini oʻtkazish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?