Qoʻqon universitetida akademik mahorat darsi oʻtdi

20:31 14 Yanvar 2022 Jamiyat
304 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon universitetida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidahror Gʻulomov ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalar, oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-tarbiyachilari qatnashgan tadbirda ilm-fan, taʼlim-tarbiya sohasidagi yangiliklar xususida soʻz yuritildi. Mahorat darsi “Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ustuvor jihatlari, Raqamli Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini joriy etishdagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusiga bagʻishlandi.

— Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish, bu borada yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion gʻoyalardan samarali foydalanishda bu kabi mashgʻulotlar gʻoyatda ahamiyatli, — deydi Qoʻqon davlat pedagogika institutining maktab menejmenti kafedrasi oʻqituvchisi Gavhar Rajabova. — Bugungi tadbirda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo ilm-fanidagi zamonaviy tendensiyalar, yangi uslub va anʼanalar borasida amaliy koʻnikmalarga ega boʻldik.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?