Qoʻqon universiteti turizm marshrutlari roʻyxatiga kiritiladi

17:36 02 Avgust 2022 Jamiyat
493 0

Foto: Xalq so‘zi

Shu yilning 29-iyul kuni davlatimiz rahbarining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda Qoʻqon shahri “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb eʼlon qilingani munosabati bilan hudud madaniy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.

— Qarorda Qoʻqon universitetini turizm marshrutlariga kiritish taklifi maʼqullangani qayd etilgani bizni behad quvontirdi, — deydi Qoʻqon universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafoqulov. — Shu tariqa mazkur huquqiy hujjatda Qoʻqon universiteti huzurida Turizm fakulteti va Mehmonxona amaliyoti markazi, Akademik hostel, Akademik turizm markazi, ochiq kutubxona va nashriyot tashkil etish hamda uni turizm masalalari boʻyicha zamonaviy oʻquv adabiyotlari, kutubxona fondi bilan taʼminlash belgilab qoʻyildi.

Ishonamizki, yaqin vaqt ichida taʼlim muassasasimiz latif shaharga tashrif buyuruvchi sayyohlarning eng sevimli maskanlaridan biriga aylanadi. Buning uchun barcha salohiyat va imkoniyatlarimizdan unumli foydalanamiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?