Qoʻqon shahrida yashovchi 100 nafardan ziyod bolalarda bepul jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi

16:34 15 Avgust 2022 Jamiyat
190 0

Foto: Xalq so‘zi

Ayni kunlarda Qoʻqon shahridagi 10-oilaviy poliklinikada tugʻma yurak nuqsoni, tayanch-harakat aʼzolari, koʻz kasalliklari bilan ogʻrigan hamda plastik jarrohlik amaliyoti oʻtkazishga muhtoj bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan tibbiy koʻrik aholining ehtiyojmand qatlamini toʻliq qamrab olayotgani eʼtiborga loyiqdir.

— Mamlakatimizda keyingi yillarda kelajagimiz vorislari sogʻligini yaxshilash, ehtiyojmand oilalar farzandlarini tizimli asosda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolashga ustuvor eʼtibor qaratilyapti, — deydi Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Abdumalik Yusupov. — Qoʻqonda boʻlib oʻtayotgan navbatdagi tibbiy koʻriklar ham ana shu yoʻnalishdagi ezgu tashabbuslarning mantiqiy davomi deyish mumkin.

Tibbiy koʻrik yakuniy xulosalari boʻyicha viloyatdagi ixtisoslashgan tibbiy markazlarda yuz nafardan ziyod bolalarda bepul jarrohlik amaliyotlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?