Qoʻqon shahrida Koreya texnologiyasi asosida yangi shaharcha bunyod etiladi

Foto: Халқ сўзи
Koreya Respublikasining “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.» Kompaniyasi Fargʻona viloyatida bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
2022-yilning mart oyida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Sejong shahrida boʻlib, “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.» kompaniyasi tomonidan qurilayotgan uylar bilan tanishgan va shunday loyihalar asosida Fargʻonada yangi massivlar barpo etish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishilgandi. Xususan, kompaniyaning mamlakat poytaxti Seuldagi markaziy ofisida Qoʻqon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish boʻyicha qiymati 250 million dollarlik investitsiyaviy kelishuv imzolangan edi.
Fargʻona viloyati hokimligi qabullar uyida Xayrullo Bozorov va kompaniya rahbari Choy Mun Kyu boshchiligidagi koreyalik tadbirkorlar bilan uchrashuvda Qoʻqonda “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish ishlarini boshlashga kelishib olindi.
Shu tariqa Koreya kompaniyasi Qoʻqon shahrida 9, 12 va 16 qavatli 127 ta koʻp qavatli turar joy binosi, taunxauslar, markaziy park, maktab, bolalar bogʻchasi va boshqa zarur ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshiradi.
Zamonaviy shaharchada qad rostlaydigan turar joylarning yertoʻla qismida 5 mingdan ziyod avtomashina uchun yerosti avtoturargohlari qurilishi ham koʻzda tutilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring