Qoʻqon shahrida 460 nafar yigit-qizga ishlab chiqarish uskunalari topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Qoʻqon shahrida “Yoshlar daftari”da turgan va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 460 nafar yigit-qizga ishlab chiqarish uskunalari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov ishtirok etib, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekani, bu borada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda mavjud imkoniyatlar toʻla safarbar etilishini alohida taʼkidladilar.
Qayd etish kerakki, oʻtgan yili ham Qoʻqon shahrida ijtimoiy daftarlarda roʻyxatda turgan oʻnlab hamyurtlarimiz tikuv mashinalari, pechlar, inkubatorlar bilan taʼminlangan edi. Bu gal esa MFYlarda faoliyat koʻrsatayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma orqali har bir yigit-qizning qiziqishi va layoqatidan kelib chiqib. ularga ishlab chiqarish uskunalari topshirildi.
Shu tariqa tikuv mashinalari, pechlar, qurilish-taʼmirlash, beton qorish moslamalari, goʻzallik saloni uchun jihoz va anjomlar, kompyuter jamlanmalari kabi 20 turdan ortiq uskunalar yoshlarga oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishi uchun taqdim etildi.
— Tikuvchilik sexini ochib, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchiman, — deydi Qoʻqon shahridagi “Doʻstlik” MFYda istiqomat qiluvchi Ruxshona Mahmudova. — Kelajakda oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishni ham maqsad qilganman. Bunday eʼtibor va ragʻbat biz, yoshlarni oʻz orzularimizni roʻyobga chiqarish uchun turtki bermogʻi tayin.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring