Qoʻqon shahrida 20 ming tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi mavsumda Qoʻqon shahrida 325 ming tup manzarali va mevali daraxtlar ekish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda shahar hokimligi tashabbusi bilan loyihaning ilk kunlari koʻchat yarmarkasi oʻtkazilib, unda mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin –qizlar va yoshlar vakillari qatnashdi.
Oʻz navbatida dastlabki kunlarning oʻzidayoq shahardagi 19 ta korxona-tashkilotlar, 10 dan ziyod MFYlarda koʻchat ekish hashari uyushtirilib, 4 ming tup 20 turdan koʻproq manzarali daraxt koʻchatlari, anvoyi gullar ekildi. Shuningdek, Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda mahallalarga qariyb 8 mingta koʻchat yetkazib berildi.
— Oʻtgan davrda loyiha ijrosi boʻyicha 20 ming tup koʻchat ekilishiga erishildi,—deydi Qoʻqon shahar hokimi oʻrinbosari Obidxon Joʻrayev. —Ayni kunlarda Muqimiy, Furqat, Yoshlar bogʻi kabi mahallalar hamda korxona va tashkilotlarda koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Bu borada nafaqat koʻchat ekish balki kelgusida baravj rivojlanishiga ham eʼtibor qaratiladi.
Ezgu tashabbus har bir hudud kesimida keng quloch yozishi uchun Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan mahallalarga bepul tarzda 200 tupdan manzarali koʻchatlar yetkazib berish koʻzda tutilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring