“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish boʻyicha Prezident qarori imzolandi

15:26 10 Iyul 2024 Siyosat
194 0

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qoʻqon” EIZ) hududi kengaytiriladi.

Qayd etilishicha, “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi. Bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga koʻra aniqlanadi.

Shuningdek, 2026-yil oxirigacha “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi, yiliga 965 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishi, shundan 313,6 million dollarini eksportga yoʻnaltirish boʻyicha quvvatlar ishga tushirilishi taʼminlanadi.

Avvalroq Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?