«Qoʻqon» EIZda Xitoy kompaniyasi quyosh panellari ishlab chiqaradi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyat hokimligi qabullar uyida Xitoyning “Jiangxi LDK Solar Hi-Tech Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda kompaniyaning xalqaro aloqalar boʻyicha bosh menejeri Jianyong Ke Fargʻona viloyatida umumiy qiymati 75 million dollarga teng boʻlgan hamda bir yilda isteʼmolchilarga 2 GVt elektr energiyasi yetkazib berish quvvatiga ega quyosh panellari ishlab chiqarish korxonasini bunyod etish loyihasi haqida toʻliq maʼlumot berdi.
Uchrashuvda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda butun dunyoda anʼanaviy energiya resurslari cheklanganligi, ana shunday sharoitda muqobil energiya manbalarini yaratish gʻoyatda istiqbolli ekanligini taʼkidladi. Xitoy kompaniyasining ushbu loyihasini qoʻllab-quvvatlab, uni hayotga tatbiq etish uchun barcha sharoitlar hozirlab berilishini aytib oʻtdi.
Yuzma-yuz suhbatda xitoylik investorlar tomonidan «Qoʻqon» erkin iqtisodiy zonasidan mazkur loyihani amalga oshirish uchun alohida joy ajratib berish taklifi maʼqullandi.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring