Qonunga kiritilayotgan bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar senatorlar tomonidan muhokama qilindi

23:51 01 Iyul 2022 Siyosat
850 0

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish” toʻgʻrisidagi qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Ushbu qonun loyihasi doirasi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga kiritilayotgan bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham senatorlar tomonidan muhokama qilindi. 

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabariga koʻra, “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 3-moddasi toʻqqizinchi xatboshidagi tashuvchi atamasiga “yakka tartibdagi tadbirkor” tushunchasi kiritilmoqda.

Shuningdek, “tashuvchi” tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining “Transport toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga binoan qayta tahrirlangan.

Bundan tashqari, qonunning 15-moddasi beshinchi xatboshiga “tashuvchi xodimlarining” jumlasidan oldin “tashuvchining” soʻzi qoʻshilayotgan boʻlsa, tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat organlari qayta tashkil etilganligi sababli, qonunning 22-moddasida ularning nomlariga oʻzgartirish kiritilmoqda.

Qonun loyihasi qoʻmita aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi va Oliy Majlis Senatining yalpi majlisiga kiritishga tavsiya etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер