Qonunchilikda nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozlar belgilangan

12:36 03 Dekabr 2022 Jamiyat
538 0

Foto: Illustrativ surat

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratiladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat koʻrsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi. 

Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga  nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish huquqiga ega.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

Mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda koʻchiriladi.

Nogironligi boʻlgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.

Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi boʻlgan bolalar toʻlovdan ozod etiladi.

Bolalikdan nogiron boʻlganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 760 ming soʻm) miqdoridagi mablagʻlari daromad soligʻiga tortilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?