Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga kiritiladigan masalalar koʻrib chiqildi

2022-yil 17-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Kengash aʼzolari parlament quyi palatasi faoliyatiga oid bir qator muhim masalalarni koʻrib chiqdilar.
Dastlab Kengash aʼzolari tomonidan quyi palataning 18-oktyabr oʻtkaziladigan majlis kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar koʻrib chiqilib, kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.
Yigʻilishda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining oʻtgan davrdagi ishi parlament faoliyatini tartibga soluvchi Konstitutsiyaviy qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining dasturiy maʼruzalari, farmonlari va qarorlari, 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” davlat dasturi hamda Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi va ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari asosida tashkil etildi.
Qonunchilik palatasining faoliyatida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan yanada rivojlantirish, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga asosiy eʼtibor qaratildi.
Hisobot davrida Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi, parlament nazoratini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi ishlari yangicha mazmun-mohiyat kasb etib, palata faoliyatiga sifat jihatidan yangi shakl va usullar joriy qilindi.
Mazkur masala Kengash aʼzolari tomonidan atroflicha koʻrib chiqilib, faoliyatni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar berildi.
Kengash yigʻilishida Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring