Qonunchilik palatasi Spikerining ikki oʻrinbosari saylandi

11:54 04 May 2021 Siyosat
584 0

2021-yil 4-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani koʻrib chiqdilar.

Majlisda xalq vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari, “Adolat” SDP fraksiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbarlari lavozimiga nomzodlarni koʻrib chiqdilar.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Zuhra Ibragimovaning nomzodi “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Xayrullo Gʻafforovning nomzodi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimiga koʻpchilikning ovozi bilan saylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?