Qonunchilik palatasi Spikeri Hindistonning elchisi bilan uchrashdi

2020-yil 13-noyabr kuni Hindistonning mamlakatimizga yaqinda tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi va parlament quyi palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida Nurdinjon Ismoilov Manish Prabxatni mamlakatimizga elchi etib tayinlangani bilan samimiy qutlab, masʼuliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida unga muvaffaqiyat tiladi.
Uchrashuv chogʻida elchiga bugungi kunda yurtimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamentining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qoʻmita va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida soʻzlab berildi.
Oʻz navbatida, Manish Prabxat Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar oʻzining ijobiy samarasini berayotganini eʼtirof etdi.
Muzokaralar chogʻida tomonlar ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, mamlakatlarimiz oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga eʼtibor qaratishdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring