Qonunchilik palatasi Spikeri Fransiya elchisi bilan uchrashdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.
Muloqotda Spiker N. Isoilov O. Bushezni yurtimizga elchi etib tayinlangani bilan samimiy qutlab, masʼuliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida muvaffaqiyatlar tiladi.
Fransiya elchisiga keyingi yillarda yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va tashabbusi bilan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat boshqaruvida parlamentning roli kuchaytirilayotgani, iqtisodiy-ijtimoiy yoʻnalishlarda jiddiy oʻzgarishlarga qoʻl urilayotgani haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi faoliyati, norma ijodkorligi, qoʻmita va siyosiy partiyalar fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida soʻzlab berildi.
Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish, parlamentlar qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish masalalariga eʼtibor qaratishdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda O. Bushez samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston-Fransiya oʻrtasidagi aloqalar — parlamentlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda bor imkoniyatini ishga solishini aytib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring