Qonun loyihasiga takliflar berildi

19:44 24 Oktyabr 2022 Jamiyat
427 0

2022-yil yil 24-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qonun ustuvorligini taʼminlash, davlat xizmatchilarining konstitutsiyaviy huquqlarini ruyobga chiqarish, jamiyatda adolatni qaror toptirishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy-tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish sohasidagi islohatlarning mantiqiy davomidir.

Loyihada davlat tashkiloti xodimlari deganda davlat tashkilotida boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun maʼlumotlar tayyorlovchi boshqaruv xodimlari tushunilishi koʻrsatib oʻtilmoqda.

Shuningdek, davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlar belgilanmoqda. Bundan tashqari, davlat tashkiloti faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishda vakolatli organlar, yaʼni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar boʻlinmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilanmoqda.

Yigʻilishda muhokama etilgan qonun loyihasi va boshqa masalalar boʻyicha deputatlar tomonidan partiya pozitsiyasidan kelib chiqqan holda taklif va munosabatlar bildirildi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер