Qonun loyihasi yuzasidan 10 dan ortiq takliflar berildi

11:55 19 Sentyabr 2021 Jamiyat
346 0

Inson aʼzolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini yaratish bugun kunning dolzarb vazifasi sanaladi. Buyrakni koʻchirib oʻtkazish boʻladimi, jigar, yurak yoki oʻpka transplantatsiyasi boʻladimi, bular insonni hayotga qaytarishda muhim hisoblanadi.

Qarshi shahar hokimligida “Inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda loyihadagi normalar va unga kiritilgan yangiliklar jamoatchilikka tushuntirilib, loyihani yanada takomillashtirish boʻyicha qator takliflar olindi.

Qonun loyihasi muhokamasi Qarshi tumanida ham qizgʻin kechdi. Unda inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasiga ishi tushgan, ushbu muammoni oʻzi yoki yaqinlari boshdan kechirgan fuqarolar, bemorlar bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularning takliflari olingan holda, mazkur takliflardan qonun loyihasini maromiga yetkazishda foydalanilishi qayd etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan 10 dan ortiq takliflar bildirilib, ularning aksariyati loyihada oʻz aksini topadigan boʻldi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?