Qoʻngʻirotlik bolajonlar Qashqadaryoda

21:40 25 Iyul 2022 Jamiyat
631 0

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Biz bir elmiz, bir xalqmiz, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlarimiz!” ijtimoiy loyihasi davom etmoqda.

Maʼlumki, mazkur loyiha doirasida Qoraqalpogʻistonlik bolajonlar Respublikamizning turli hududlarida joylashgan eng soʻlim va bahavo oromgohlarda dam oldirilib, salomatliklari mustahkamlanmoqda. Oromgohlarda ularning miriqib hordiq chiqarishlari va boʻsh vaqtlarining har bir daqiqasini mazmunli oʻtkazishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, Orolboʻyi bolajonlari ham maʼnan, ham jismonan chiniqib, intellektual salohiyatlarini oshirmoqdalar.

Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam olish maqsadida Qoraqalpogʻistondan yoʻlga chiqqan 200 nafar maktab oʻquvchilari bayramona kutib olinib, soʻlim oromgohga joylashtirildi.

“Lochin” oromgohida ularni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati kengashi hamda Shahrisabz tumani hokimligi mutasaddilari tantanali ravishda qarshi oldilar. Dam olish maskani bolajonlarning begʻubor oʻyin-kulgilari bilan yanada fayzga toʻldi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?