Qoʻngʻirot tumanida 18 yoshli yigit oʻzini koʻprikdan tashlashga urindi

14:51 22 Iyul 2021 Jamiyat
377 0

Joriy yilning  21-iyul kuni soat 18:00 larda Qoʻngʻirot tumani «Tarakli» mahallasi hududidan oʻtuvchi temir yoʻl koʻprigi ustida Qoʻngʻirot tumani Nurmuxammedov koʻchasida yashovchi 2003-yilda tugʻilgan K.A. ismli voyaga yetmagan shaxs oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan. Bu haqda IIV HPBB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, u koʻprikdan oʻzini tashlamoqchi boʻlayotgan paytda shu hududga biriktirilgan profilaktika inspektori leytenant I.Jamalov tomonidan qutqarib qolingan va ushbu voyaga yetmagan bilan psixiatr ishtirokida profilaktik suhbat oʻtkazilib ota-onasiga topshirildi. 

Hozirgi paytda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?